• talim ham tarbiya maskani
    bu Maktab

  • Ilk poydevor
    Maktabdan quriladi

  • Maktab
    Ilm O'chog'i

  • talim ham tarbiya maskani
    bu Maktab

  • Ilk poydevor
    Maktabdan quriladi

Yaqinlashb Kelayotgan Tadbirlar

Mart

8

Xalqaro xotin-qizlar kuni - go‘zallik, nafislik va latofatlik bayramidir. Shuningdek, 8 Mart kuni "onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. Odamlar ushbu bayramni sevgi, mehrbonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlaydilar.

Read more

Mart

21

Navzur bayrami.Navzur bayrami munosabati bulan maktablarda sayllar, sheriy musobaqalar, sport o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. O'quvchilar tatil kunlarini mazmunli o'tkazishi uchun esdalik kitoblari topshiriladi.

Read more

May

9

1999 yili 9 may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qaxramonona o‘lkamizni himoya qilgan.

Read more

May

25

25-may. O'zbekistondagi barcha umumta'lim muassasalarida so'nggi qo'ng'iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun.

Read more
Email yuborish uchun Sizda qandaydir savol, etiroz yoki tashakkurlar bo'lsa yuborishingiz mumkin

yangiliklar

BARCHA YOSHDAGI FARZANDLARNING TA’LIMIGA YO‘NALTIRILGAN TO‘LOVLAR SOLIQDAN OZOD QILINADI

2023 yil 1 avgustdan boshlab, soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani ro‘yobga chiqarishga doir prezident farmonida belgilandi. Shuningdek, hujjatga binoan, 2023 yil 1 sentabrdan boshlab, O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar madaniy meros obektlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirishi mumkin bo‘ladi.

NODAVLAT OTM AYRIM TALABALARIGA DAVLAT TOMONIDAN MODDIY YORDAM KO‘RSATILADI

Hukumat qarori bilan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
oliygohlar – har yili 15 sentabrga qadar joriy o‘quv yilida ijtimoiy ta’minot yordami uchun mablag‘ oluvchi talabalar soni hamda ularga to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot yordami uchun mablag‘ miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga so‘rovnoma kiritiladi; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1 oktyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan amaldagi o‘quv yili uchun ijtimoiy ta’minot yordami to‘lovlariga sarflanadigan mablag‘larni to‘liq hajmda ularning hisob varaqlariga o‘tkazib beradi. Ijtimoiy ta’minot yordami talabalarning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

TA’LIM SOHASIDA YANGI ELEKTRON XIZMATLAR ISHGA TUSHIRILADI

Maktabgacha va maktab ta’limi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, unda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.

O'ZBEKISTONNING 2 TA UNIVERSITETI 4 TA FAN BO'YICHA TOP-500 TALIK REYTINGDAN OʻRIN OLDI

Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi" (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari" Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

2022 YILDA ENG KO‘P DAROMAD VA ZARAR KO‘RGAN OLIY TA’LIM MUASSASALARI MA’LUM QILINDI

2022 yilni eng katta daromad bilan yakunlagan oliygoh – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi eng katta salbiy farq Samarqand davlat universitetida kuzatilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi 69ta davlat oliygohining 2022 yildagi daromadlari va xarajatlari haqida ma’lumotni ochiqladi. Qayd etilishicha, hisobotda keltirilgan davlat OTMlarining o‘tgan yildagi umumiy daromadi – 8 trln 770 mlrd 728 mln so‘mni, xarajatlari esa 8 trln 102 mlrd 825 mln so‘mni tashkil etgan.

Bo'limlarni to'ldiring

Tanqid